Maxfiylik siyosati
2026-yil 28-oktabr
ClubTime — bilyard, PlayStation va shunga o‘xshash klublar uchun vaqt, bar va hisobot yuritish ilovasi. Quyida qanday ma’lumot yig‘ilishi, nima uchun kerakligi, kim bilan bo‘lishilishi va uni qanday o‘chirish mumkinligi tushuntirilgan.
1. Kim ma’lumotni qayta ishlaydi
Ilova va serverni ClubTime jamoasi yuritadi. Savollar bo‘yicha: maxclub7007@gmail.com.
2. Qanday ma’lumot yig‘iladi
- Hisob ma’lumotlari — ism, klub nomi, avatar va siz kirgan usulga qarab Telegram identifikatori/username (Telegram orqali kirishda ruxsat bersangiz — telefon raqami ham), Google yoki Apple hisobidagi e-pochta. Parol saqlanmaydi: kirish faqat shu xizmatlar orqali.
- Klub ish ma’lumotlari — stollar, o‘yin seanslari, bar savdolari, mahsulot va qoldiqlar, smenalar, hisobotlar. Bular sizning biznes yozuvlaringiz.
- Obuna va to‘lov — tanlangan tarif, to‘lov summasi va holati. Karta ma’lumotlari bizga yetib kelmaydi: to‘lov Click sahifasida amalga oshiriladi, biz faqat natijani olamiz.
- Qurilma — bildirishnoma yuborish uchun push token, ilova tili va mavzusi.
- Foydalanish statistikasi — ilovada qaysi ekranlar ochilgani va asosiy amallar (kirish, stol ochish, smena yopish, tarif sotib olish), qurilma turi, tizim versiyasi, taxminiy mamlakat va reklama identifikatori (Android reklama ID; iPhone’da — faqat kuzatishga ruxsat bersangiz). Ism, telefon, klub nomi va savdo summalari bunga kirmaydi.
- Texnik yozuvlar — so‘rov vaqti, IP manzil va xatolik tafsilotlari. Bular nosozlikni topish va xavfsizlik uchun.
Biz joylashuv, kontaktlar, kamera va mikrofon ma’lumotlarini yig‘maymiz. Bluetooth ruxsati faqat chek printerini ulash uchun so‘raladi va boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
3. Nima uchun ishlatiladi
- Ilovaning asosiy vazifasi — vaqt hisobi, bar savdosi va hisobotlar.
- Qurilmalar orasida sinxronizatsiya va yangi telefonda ma’lumotni tiklash.
- Obunani yuritish va to‘lovni tasdiqlash.
- Siz yoqib qo‘ygan bildirishnomalar (Telegram xabarlari, push).
- Xavfsizlik, suiiste’molning oldini olish va nosozliklarni tuzatish.
- Ilova qanday ishlatilishini tushunish va uni yaxshilash.
- O‘z reklamamiz samarasini o‘lchash: qaysi reklama o‘rnatish va obunaga olib kelgani.
Ilovada reklama ko‘rsatilmaydi. Klub ish ma’lumotlari (stollar, savdolar, hisobotlar) hech kimga berilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
4. Kim bilan bo‘lishiladi
Ma’lumot sotilmaydi. Faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo‘lgan hamkorlarga uzatiladi:
- Click — to‘lovni amalga oshirish (buyurtma raqami va summa).
- Telegram — siz yoqqan bo‘lsangiz, xabarlarni yetkazish.
- Google Firebase — push bildirishnomalarni yetkazish.
- Google Analytics (Firebase) — ilovadagi foydalanish statistikasi (yuqoridagi 2-bo‘lim) va club-time.uz veb-saytidagi tashriflar statistikasi (cookie orqali; brauzer sozlamalarida o‘chirish mumkin).
- Meta (Facebook) — Android va iPhone ilovada: o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish va xarid hodisalari, o‘z reklamamiz samarasini o‘lchash uchun. iPhone’da faqat kuzatishga ruxsat bersangiz reklama identifikatori bilan. Androidda reklama ID’ni Sozlamalar → Google → Reklama bo‘limida o‘chirish mumkin.
- Qonun talab qilgan hollarda — vakolatli organlarga.
5. Qancha saqlanadi
Klub ish ma’lumotlari hisob faol turgan davrda saqlanadi. Hisob o‘chirilganda ular butunlay o‘chiriladi. Texnik loglar 90 kungacha saqlanib, keyin avtomatik o‘chadi. Buxgalteriya talabi bo‘yicha to‘lov yozuvlari uzoqroq saqlanishi mumkin.
6. Ma’lumot xavfsizligi
Ma’lumot HTTPS orqali uzatiladi. Smart rozetka kalitlari serverda shifrlangan holda, telefonda esa qurilma xotira-omborida (Keystore) saqlanadi. Serverga kirish cheklangan.
7. Sizning huquqlaringiz
- Ma’lumotingiz nusxasini so‘rash.
- Noto‘g‘ri ma’lumotni tuzatish (ilovaning o‘zida tahrirlash mumkin).
- Hisobni va barcha ma’lumotni o‘chirish.
- Bildirishnomalardan istalgan vaqtda voz kechish.
8. Hisobni qanday o‘chiraman
Ikki yo‘l bor:
- Ilovadan: Sozlamalar → eng pastda «Hisobni o‘chirish». Tasdiqlangach hisob va unga bog‘liq barcha ma’lumot (stollar, seanslar, bar, hisobotlar, obuna) darhol o‘chiriladi. Buni qaytarib bo‘lmaydi.
- Ilovasiz: Hisobni o‘chirish sahifasida so‘rov qoldiring — 30 kun ichida bajaramiz.
9. Bolalar
Ilova biznes uchun mo‘ljallangan va 16 yoshgacha bo‘lganlarga qaratilmagan.
10. O‘zgarishlar
Siyosat yangilansa, shu sahifadagi sana o‘zgaradi. Muhim o‘zgarishlarni ilova orqali xabar qilamiz.